Samarqandda erkin sayyohlik zonasi paydo bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Yaqin ikki yil ichida Samarqandda sayyohlik-ko‘ngilochar markazi hamda qishgi dam olish majmuasi paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga bo‘lgan tashrifi davomida, prezidentga Samarqandda yaqin ikki yil ichida qurilishi rejalashtirilayotgan erkin sayyohlik markazi loyihasini taqdim etildi.

"Loyihaga ko‘ra, shahar markazidagi Amir Temur ko‘chasida sayyohlik-ko‘ngilochar markazi hamda Samarqand eshkak sporti kanalida qishgi dam olish maskani paydo bo‘ladi", — deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, prezident e’tiboriga, shaharda paydo bo‘ladigan yangi sayyohlik markazlari va ularning yangi xizmatlari hamda o‘zbek xalqining urf-odatlari aks ettirigan tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0