TOShKENT, 17 apr — Sputnik. GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati o‘zining facebookdagi sahifasida Tico, Epica va Nexia 2 ishlab chiqarilishi borasida kelib tushgan ko‘p sonli murojaatlarga javob qaytardi.
Xabarda aytilishicha, 2008-yilda iste’molchilar afzalliklari va bozor talablaridan kelib chiqqan holda Nexia avtomobili modernizatsiyasi amalga oshirilgan.
Nexia 2 avtomobilining ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi — yangi ekologik standartlar va xavfsizlik tizimlari uchun yangi talablar joriy etilishi bilan bog‘liqligi ta’kidlangan.
"Avtomobillarning model qatorlari, modifikatsiyalari, opsiyalari va narxlaridagi har qanday o‘zgarishlar haqida GM Uzbekistan o‘z rasmiy saytida va Feysbukdagi sahifasi orqali oldindan xabardor qilib boradi", — deb qo‘shimcha qilingan xabarda.