Jamiyat

Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 50 %ga kamaydi

© Gazeta.uz / GM Uzbekistan avtomobil zavodi
GM Uzbekistan avtomobil zavodi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Umumjahon avtomobil ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi (OICA) dunyo mamlakatlarida 2016 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni haqida maʼlumot eʼlon qildi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. OICA maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yil davomida Oʻzbekistonda 88 152 ta avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu 2015 yilga nisbatan 52,5 %ga kam.

Shuni aytib oʻtish kerak-ki, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarning asosiy  "isteʼmolchisi" boʻlgan Rossiyada 2014 yilda yuz bergan iqtisodiy tanglik, bu yerda avtomobillar savdosi keskin kamayishiga olib keldi.

Jeneral Motors zavod konveyeri - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiyada oltita avtomobil zavodi yopilishi mumkin

2014 yilda Oʻzbekistonda 245 660 ta avtomobil ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2015 yilda 185400 ta atvomobil ishlab chiqarildi. Bu 2014 yilga qaraganda 24,5% ga kam.  

Eslatib oʻtamiz, avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston MDH mamalkatlari orasida ikkinchi oʻrinda turadi. Rossiyada 2016 yilda 1,3 mln dona avtomobil ishlab chiqarilgan.

Bugungi kunda Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha  Gollandiya, Finlyandiya, Misr, Serbiya va  Ukraina kabi mamalkatlardan oldinda.

Yangiliklar lentasi
0