Toshkent shahrida 5 nafar maktab o‘quvchisi "o‘lim guruhi"dan saqlab qolindi

CC0 / pixabay / Kompyuter oldidagi bola
Kompyuter oldidagi bola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Statistikaga muvofiq, 2016-yil ichida dunyoning turli burchaklarida 720 nafarga yaqin bolalar o‘limga chorlovchi g‘oyalar qurboniga aylanishgan

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Taassufki, bunday o‘yinlar ko‘proq bizdan olisda sodir bo‘lyapti, deb befarq qarab bo‘lmaydi. Chunki so‘nggi paytlarda ular mamlakatimiz o‘smirlarini ham chetlab o‘tayotgani yo‘q, deb xabar qilgan O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Ekran smartfona - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 36 o‘smir "o‘lim guruhi"ga kirganligi aniqlandi
Xabarda aytilishicha, joriy yil mart oyining nav­batdagi profilaktika kunida Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi 135-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan "Davomat" tadbirida o‘quvchilarning nafaqat darslarga qatnashishi, balki ularning odob-axloq qoidalariga qanchalik rioya etayotgani ham e’tibordan chetda qolmadi.

Maktabning bir sinfiga kirganda tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o‘quvchilarning bilaklarini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Kutilmagan holat ro‘y berdi: ikki o‘quvchining bilaklarida o‘tkir buyum bilan kesib chizilgan baliqning rasmi borligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv davomida ushbu o‘quvchilar internet tarmog‘ida "ko‘k kit" nomi bilan tarqalgan o‘yinning videoroligini ko‘rib, bilaklariga kitning suratini chizganliklari ma’lum bo‘ldi.

O‘quvchilarning ota-onalari bundan mutlaqo bexabar ekan. Ayanchli hodisa qanday oqibatga olib borishi nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalarga chuqur tushuntirildi.

Militsiya patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘ziga xos "o‘lim guruhlari" paydo bo‘ldi
Shu bilan birga, IIBB vakili "Toshkent" telekanalining "Poytaxt" axborot dasturiga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Toshkent shahrida huquq-tartibot organlari vakillari yakuniy maqsadi o‘z joniga suiqasd qilish bo‘lgan "ko‘k kit" o‘yinida 15-darajaga o‘tgan besh nafar maktab o‘quvchisini "o‘lim guruhi"dan saqlab qolgan.

Darhaqiqat, zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda xavf-xatar kutilmagan joylardan kelmoqda.

Bu jarayonda esa o‘z farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lgan kishilar manfur niyatli kuchlar ishini osonlashtirapti. Bugungi xavf-xatarni inobatga olib, ota-onalar har lahza, har qadamda farzandidan boxabar bo‘lib turishi kerak. Shunda u nafaqat o‘z farzandining, balki boshqalarning ham kelajagini asrab qolgan bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0