"Qamchiq" dovoni orqali yuk olib o‘tish cheklanishi mumkin

© Sputnik / StringerQamchiq dovoni
Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitta yetaklovchi o‘qqa 11,5 tonna, ikkitalik o‘qqa 20 tonnadan ortiq yuk to‘g‘ri keladigan avtotransport vositalari bilan "Qamchiq" dovonidan yuk olib o‘tishni 2017-yil 1-iyuldan man qilish taklif etilgan

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. "Qamchiq" dovoni orqali yuk avtomobillarining ba’zi turlari bilan yuklarni olib o‘tishga taqiq qo‘yilishi mumkin. Bu haqda nuz.uz xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil transporti bilan "Qamchiq" dovoni orqali yuk olib o‘tishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarining muhokamasi portaliga joylandi.

Qaror loyihasida "Qamchiq" dovoni orqali ekspluatatsiya muddati 25-yil va undan ko‘proq bo‘lgan yuk avtomobillari va shatakchi avtomobillar orqali yuklar olib o‘tish 2017-yil 1-yanvardan taqiqlansin" deyiladi.

Shuningdek, bitta yetaklovchi o‘qqa 11,5 tonna, ikkitalik o‘qqa 20 tonnadan ortiq yuk to‘g‘ri keladigan avtotransport vositalari bilan "Qamchiq" dovonidan yuk olib o‘tishni 2017-yil 1-iyuldan man qilish taklif etilgan.

Yangiliklar lentasi
0