Bugun Turkiya xalqi prezident yoki parlament boshqaruvini tanlaydi

© REUTERS / HANDOUTPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan.
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan referendumda, xalq mamlakatni prezident yoki parlament boshqarishi kerakligini hal qiladi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Bugun Turkiyada umumxalq referendumi bo‘lib o‘tmoqda. Referendumda butun mamlakat bo‘ylab 55 million saylovchi ishtirok etadi. Referendumning asosiy maqsadi Turkiyada bugungi kunda mavjud bo‘lgan parlament boshqaruvi o‘rnida prezident boshqaruvi tizimini kiritishdir. Buning uchun mamlakat konstitutsiyasiga 18ta o‘zgarish kiritish kerak.

Agar referendumda mamlakat aholisi yangi islohotlarni qo‘llab quvvatlasa, Erdo‘g‘an cheklanmagan vakolatga ega bo‘ladi. Ya’ni, prezident davlat, hukumat va sud tizimi ustidan nazorat qilish huquqiga ega bo‘ladi. Undan tashqari Erdo‘g‘an yana ikki marta prezidentlikka saylanish imkoniga ega bo‘ladi.

Turkiya. 2016-yil 16-iyul - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada 100dan ortiq armiya imomlari qo‘lga olindi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Turkiyada davlat to‘ntarilishi yuz berishiga bir bahya qolgan edi. Turkiya armiyasining oliy qo‘mondonligi va ko‘plab zobitlaridan iborat muxolifat kuchlari hukumatni egallab olishga harakat qilishgan edi. O‘shanda Erdo‘g‘an ushbu inqilobni to‘xtatib, hukumatni o‘z qo‘lida saqlab qolshga muvaffaq bo‘lgan  edi. Inqilobdan keyin esa 200 mingdan ortiq kishi hibsga olingan edi. Ular orasida 3 ming sudalar ham bor.

O‘shanda ba’zi ekspertlar Erdo‘g‘an o‘z siyosiy raqiblarini, xususan mamlakatni parlament boshqaruvidan prezident boshqaruviga o‘tkazishiga qarshi chiqqanlarni siyosiy maydondan chetlatayotgani haqida gapirishgan edi. Ushbu damdan boshlab Turkiyada hukumat targ‘ib qilayotgan g‘oyalarga qarshi chiqqan har qanday fuqaro "xalq dushmani"ga aylantirilib sudga berish odat tusiga kirgan edi. Ba’zi OAVlar ushbu davrni hatto Stalin qatag‘on davrlariga o‘xshatgan edi.

Ko‘rilgan keskin choralar natijasida Turkiyada oldin ko‘pchillik qarshi bo‘lgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydiganlar soni biroz oshgan.  So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, yangi isloholatni mamlakatning 46-47 % aholisi ma’qullagan. Qarshilar soni esa 43-44 % ni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0