TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Turk politsiyasining 17ta viloyatda o‘tkazgan operatsiyasi natijasida davlat to‘ntarishiga urinishda aloqadorlikda gumon qilinib 105 nafar armiya imomi qo‘lga olindi, deb xabar berdi RIA Novosti NTV telekanaliga asoslanib.
Qo‘lga olinganlar ison uyushtirishda ayblanayotgan muxolifatchi Fathulloh Gulen bilan aloqador deb hisoblanmoqda.
16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh isonchilar harbiy davlat to‘ntarishiga urinishdi. Asosiy to‘qnashuvlar Anqara va Istanbulda sodir bo‘ldi. Isonchilarni hisobga olmaganda 246 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Qo‘zg‘olon bostirildi. Turkiya hukumati Gulenni davlat to‘ntarishiga urinishda aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni topshirishini so‘radi. Gulenning o‘zi esa isonni qoraladi va bu ishga aloqasi yo‘qligini bildirdi.