“Somon eyr” samolyoti portlab ketishiga sal qoldi

© Flickr / Lars SteffensSamolet tadjikskix avialiniy "Somon Air"
Samolet tadjikskix avialiniy Somon Air - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe-Xo‘jand parvozini amalga oshirish uchun uchish yo‘lagida tezligini oshirayotgan “Somon eyr” samolyoti ichini kutilmaganda quyuq tutun qopladi, yo‘lovchilar orasida sarosima va qichqiriqlar boshlandi. Uchuvchilar samolyotni keskin to‘xtatishga majbur bo‘lishdi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Tojikistonning “Somon eyr” aviakompaniyasi samolyotida uchish oldidan favqulodda holat yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Tutun nima sababdan paydo bo‘lganini yo‘lovchilarga ma’lum qilishmagan, lekin aynan ushbu parvoz parvoz uchish oldidan, texnik sabablarga ko‘ra, bir necha marotaba kechiktirilgan.

“Portlab ketishiga sal qoldi”, — deb yozdi samolyotda bo‘lgan xo‘jandlik yo‘lovchilardan biri ijtimoiy tarmoqda. 

"Salonda boshidan qandaydir g‘alati hid bor edi. Samolyot uchish yo‘lagida tezlikni oshirib borayotgan vaqtda, ichida birdan kuchli tutun paydo bo‘ldi. Keyin, samolyot keskin to‘xtashga majbur bo‘ldi. Xayriyat, uchish yo‘lagining eng oxirida to‘xtashga ulgurdi", —deb eslaydi Jo‘raboy  ismli yo‘lovchi. 

"Lekin samolyot ichida juda qo‘rqinchli holat bo‘ldi, odamlar sarosimaga tushib qolishdi, yosh bolalar baqira boshladi", — deb so‘zini davom ettirdi Jo‘raboy.

Samolet Uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Va nihoyat: Toshkent-Dushanbe reysi amalga oshirildi

Xo‘jandlik Bozorboy ismli yo‘lovchi guvohlik berishiga ko‘ra, nosoz samolyot yo‘lovchilari aeroportga qaytib bir necha soat kutishga majbur bo‘lishgan. Bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin hamma juda qattiq stress his qilgan. Yo‘lovchilarning aksariyati 14-15 yoshli bolalar bo‘lgan. Bir kishi hatto hushini yo‘qotib qo‘ygan. “Somon Eyr” yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun hech qanday chora ko‘rmagan, hatto bepul suv tarqatishdan  voz kechgan. Yo‘lovchilar o‘zlari pul jamlab barcha uchun 4-5 blok suv sotib olishgan.

“Biz o‘z huquqlarimizni saqlashni talab qildik, hatto "norozilik aksiyasi" o‘tkazmoqchi bo‘ldik, deb eslaydi yana bir yo‘lovchi.  Faqat, shundan keyin aviakompaniya yo‘lovchilarga suv va buterbrod tarqatgan.

""Somon Eyr" Texnik ko‘rikdan keyin, parvoz yana ushbu samolyotda amalga oshiriladi, deb xabar tarqatilganidan keyin, hamma ommaviy ravishda chiptalardan voz kecha boshladi”, — deb eslaydi boshqa bir yo‘lovchi.

Vahimali sarguzashtlar  va bir necha soat tashvishli kutishlardan keyin yo‘lovchilar boshqa samolyotda Xo‘jandga yetib kelishgan.

Yangiliklar lentasi
0