Mirziyoyev Urgutda erkin industrial zonani tashkil qilishni taklif etdi

© Sputnik / Sergey SubbotinO‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining muvaqqat Prezidenti, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 5-oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan boshladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Tramvay, Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda tramvay qatnovi qayta tiklanadi
O‘z safari davomida Urgut tumanida bo‘lgan Mirziyoyev u yerda tashkil qilingan sanoat zonasini ham borib ko‘rgan.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Urgut tumanining resurs bazasidan samarali foydalanish, sanoat va eksport salohiyatini yanada rivojlantirish, investitsiya va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish maqsadida Urgut erkin industrial zonasi tashkil etilishini alohida qayd etdi", — deyiladi xabar matnida.

Shuningdek, tuman yerlaridan unumli foydalanish, xususan, adirli yerlarga yong‘oq, bodom, tok, unabi kabi ekinlar ekish maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.

Yig‘ilishda Urgut tumani misolida viloyatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kompleks dasturi ko‘rib chiqilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda uchta iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda — 2008-yilda tashkil etilgan "Navoiy" industrial-iqtisodiy zonasi (Navoiy viloyati), 2012-yilda tashkil etilgan "Angren" maxsus industrial zonasi (Toshkent viloyati), 2013-yilda tashkil etilgan "Jizzax" maxsus industrial zonasi hamda uning Sirdaryo viloyatidagi filiali.

Mirziyoyev, shuningdek, viloyatning shahar va tumanlari markazlarida yangi uy-joylar barpo etish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash asosida aholining turmush sharoitlarini yanada yuksaltirishga doir masalalarga alohida e’tibor qaratgan.

Raxmatova Dilshoda - Sputnik O‘zbekiston
Muammo, murojaat, yechim - Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga 5+
Shavkat Mirziyoyev hukumat portalida ochilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlardan misollar keltirar ekan, viloyat mutasaddilariga ushbu masalalarni vaqtida ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. Har bir murojaat Bosh vazirning nazoratida bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilishda viloyat va tuman budjetlarining moliyaviy-iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar, eksport prognozlarini bajarish, yig‘im-terim ishlari, kuzgi ekinlarni ekish, oziq-ovqat xavfsizligi va narx barqarorligini ta’minlash, uy-joylar va ijtimoiy obektlarning kuzgi-qishki mavsumga tayyorligi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, viloyat iqtisodiyotining barcha sohalari uzluksiz ishlashi masalalari muhokama etilgan.

Yangiliklar lentasi
0