TOShKENT, 15 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati "Islom davlati" terrorchilik guruhiga qarshi kurashda harbiy qo‘mondonlarni mustaqil qaror qabul qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Wall Street Journalga asosan.
Wall Street Journalning qayd etishicha, Barak Obama qo‘mondonlar ularning harakatlari ko‘pincha Oq Uy tomonidan cheklanganligidan shikoyat qilishgan. Endilikda esa ularga ma’muriyat bilan maslahatlashmasdan qaror qabul qilish erkinligi berilgan. Gazetaning ma’lumot berishicha, Tramp 13-aprel kuni Pentagonga erkinlik berganini ta’kidlagan.
Tramp ma’muriyatining yangicha yondashuvi Afg‘onistonda namoyon bo‘ldi. Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlari qo‘mondoni general Jon Nikolson Afg‘oniston sharqida IDga qarshi o‘ta kuchli bombadan foydalanishga qaror qildi.
AQSh ma’muriyatidagi yuqori lavozimli amaldorning aytishicha, Tramp generalning ushbu bombadan foydalanish haqidagi qaroridan bomba tashlanguniga qadar bexabar bo‘lgan. Yana bir rasmiy shaxs AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi. "Janob Mettis ularga hozir ilgarigidek emasligini, "barcha bombalarning onasi"ni tashlashdan oldin ruxsat so‘rash shart emasligini aytdi", — deb yozadi gazeta.
Payshanba kuni AQSh Afg‘onistonda ID jangarilariga qarshi o‘ta kuchli bombadan foydalandi. Bombaning vazni 9,5 tonnaga teng bo‘lib, AQSh 15ta ana shunday bombaga ega ekanligi ta’kidlanmoqda.