Endi pensiya miqdori va to‘lov muddati haqida SMS orqali bilish mumkin

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishVibor operatora v menyu mobilnogo telefona
Vibor operatora v menyu mobilnogo telefona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pensiya va ijtimoiy nafaqa miqdori hamda to‘lov muddati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun 10711 raqamiga pensioner yoki nafaqa oluvchining pensionerlik guvohnomasida ko‘rsatilgan shaxsiy hisobvaraqni SMS-so‘rov sifatida yuborish lozim

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Pensioner va ijtimoiy nafaqa oluvchilar pensiya miqdori va to‘lov muddati to‘g‘risidagi ma’lumotni SMS-so‘rov orqali olishlari mumkin bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Planshet - Sputnik O‘zbekiston
Jamg‘arib boriladigan pensiya holati haqida internet orqali ma’lumot olish mumkin

"Pensionerlar va ijtimoiy nafaqa oluvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, xususan, ularning pensiya va nafaqa miqdori hamda to‘lov muddati to‘g‘risida ma’lumotni real vaqt rejimida mobil qurilmalar yordamida olishga mo‘ljallangan yangi interaktiv SMS-so‘rov xizmati joriy qilindi", — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, pensiya va ijtimoiy nafaqa miqdori hamda to‘lov muddati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun 10711 raqamiga pensioner yoki nafaqa oluvchining pensionerlik guvohnomasida ko‘rsatilgan shaxsiy hisobvaraqni (yetti raqamdan iborat) SMS-so‘rov sifatida yuborish lozim.

SMS-so‘rov bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlar kontent provayder va mobil aloqa operatori tomonidan pullik xizmat (har bir SMS-so‘rov bahosi $0,02) asosida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0