Toshkent Stokgolmdagi teraktda gumonlangan Raxmat Akilov "ID" a’zosi bo‘lganini tasdiqladi

© Wikipedia / VOAID bayrog‘i
ID bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 7-aprel kuni Raxmat Akilov Shvetsiyaning Stokgolm shahrida terrorchi yuk mashinasini olib qochib odamlar ustiga haydagan. 4 kishi qurbon bo‘lgan, ular orasida 11 yoshli bola ham bor

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Toshkent Stokgolmdagi teraktda gumonlangan Raxmat Akilov "ID" a’zosi bo‘lganini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashrga ko‘ra, bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida ma’lumot bergan, — deyiladi xabarda.

Sotrudniki politsii i spesslujb v Stokgolme, gde proizoshel terakt - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Stokgolm teraktida gumonlangan shaxsning yonidan o‘zbek pasporti topilgan
"Samarqand huquq-tartibot organlari tomonidan Stokholm shahridagi teraktni sodir etgan Oqilovga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va Yevropadagi sherik davlatlardan birining maxsus xizmatiga tegishli chora ko‘rish uchun yuborilgan", degan Komilov.

Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 7-aprel kuni Raxmat Akilov Shvetsiyaning Stokgolm shahrida terrorchi yuk mashinasini olib qochib odamlar ustiga haydagan. 4 kishi qurbon bo‘lgan, ular orasida 11 yoshli bola ham bor. Teraktda 15 kishi jarohat olgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha ushbu qabih ishda o‘zbekistonlik Raxmat Akilov gumon qilinayotgan ekan.

2017 yilning fevral oyida O‘zbekistonda Akilovga nisbatan JKning diniy ekstremizm, ekstremistik tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish kabi bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va xalqaro qidiruvga berilgan.

Yangiliklar lentasi
0