O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalalarini muhokama qilmoqda

© Pravitelstvo KRO‘sh shahridagi uchrashuv
O‘sh shahridagi uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘sh shahridagi uchrashuv Almazbek Atambayevning 2016-yil dekabrda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan ikki mamlakat rahbarlari kelishuvi natijalari bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov bugun o‘sh shahrida Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov bilan qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini muhokama qilmoqda, deb xaba berdi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.

Chegara qo‘riqlash xizmati - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston bilan chegarada mojarolar soni 2 baravar kamaydi

"Uchrashuv Almazbek Atambayevning 2016-yil dekabrda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan ikki mamlakat rahbarlari kelishuvi natijalari bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda", — deyiladi xabarda.

Jenish Razakov mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. U aniqlanmagan uchastkalar bo‘yicha pozitsiyalarni imkon boricha tezroq kelishib olish va davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni muvaffaqiyatli yakunlash lozimligini e’tirof etdi.

Qirg‘iz-o‘zbek davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar 17-yanvar kuni davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0