Sizlarni kim tarbiyalagan? Sergey Lavrovni eng mashhur iboralari

© MID RF / Mediabankka o‘tishRossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov o‘z chiqishlarida va xorijlik hamkasblari bilan muzokaralari chog‘ida keyinchalik o‘ta ommalashib ketadigan iboralarni ishlatadi. RIA Novosti nashri tomonidan to‘plangan diplomatning eng mashhur iboralarini e’tiboringizga havola qilamiz

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Kuni kecha Sergey Lavrov amerikalik jurnalistlarga odobnoma darsini o‘tdi, deyish mumkin.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson bilan protokol tadbiri oldidan Lavrov muzokaralarni boshlashga halal bergan va qichqirib savollar bera boshlagan amerikalik jurnalistlarni koyib berdi.

"Sizlarni kim tarbiyalagan?", — deb savol bergan Lavrov.

Shundan so‘ng zalda jimjitlik cho‘kkan.

Raqsga o‘rin yo‘q

NATOga a’zo mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi chog‘ida Reks Tillerson, Rossiya bilan tangoga tushish mumkin, "ammo ko‘rinib turibdi-ki, sizlar Lavrov bilan raqs tusha olmaysizlar, chunki unga raqs tushishga ruxsat berilmagan", deb aytgan.

"Menga oyimlar ham o‘g‘il bolalar bilan raqs tushishni man etardi", AQSh Davlat kotibining so‘zlariga izoh bering degan savolga Lavrov xuddi shunday javob qildi.

Mashhur haqorat

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Adel al-Jubayr bilan o‘tkazgan matbuot-anjumani chog‘ida, Rossiya tashqi ishlar mahkamasi rahbari o‘z hissiyotlarini jilovlay olmadi va haqoratli so‘z aytdi.

"Dumbullar…"

Diplomatning g‘azab otiga minishiga nima sabab bo‘lgan — noma’lum. Lavrovning o‘zi sal keyinroq, hech kimga jahl qilmaganini, shunchaki mikrofon yoniq ekanidan bexabar bo‘lganini ma’lum qilgan.

Kuylashni bilmasang — ichma

2014 yilda Ukraina TIV rahbari Andrey Teshchitsa Rossiya haqida qo‘pol gaplarni aytgach, Lavrov kiyevlik bu diplomat Moskva uchun — "kesilgan bo‘lak" ekanligini ma’lum qildi.

"Unga qarab turib, yaxshi bir ibora esga tushadi: "ashula aytishni bilmasang — ichma, degan", — deb ta’kidlagan Lavrov jurnalistlarga.

Tabrik uchun rahmat

Rossiya TIV rahbari S.Lavrovning AQSh Davlat kotibi Dj.Kerri bilan uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Kerri Lavrovni 39 yoshi bilan tabriklab, "o‘zingdan kattalarni hurmat qil" deya uqtirdi
2016 yilda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Sergey Lavrovni o‘tib ketgan tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga muzokaralar o‘tkazishda donolik tilagan edi. Kerriga javoban Lavrov:

"Agar donolik tug‘ilgan kunlar soni bilan o‘lchaydigan bo‘lsak, unda men seni quvib ham yetolmasligim aniq", — degan edi hozirjavoblik bilan.

Yangiliklar lentasi
0