TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiyadagi eng ommabop — "Pust govrat" ko‘rsatuvining navbatdagi qahramoni Kemerovolik ayol bo‘ldi. U butun mamlakatga qanday qilib o‘zbekistonlik eri besh nafar farzandini olib ketgani haqida so‘zlab berdi.
Bir-biridan kichik besh nafar bola bilan qolgan ayol eri tomonidan qilingan xiyonat tufayli qattiq tushkunlikka tushgan, ammo tez orada 26 yashar Vadim Polyudov ko‘rinishida o‘ziga "suyanchiq" topadi.
Vadim g‘oyib bo‘lgan oila boshlig‘i vazifasini bajara boshlaydi. Bu haqda xabar topgan Yo‘ldosh esa zudlik bilan Rossiyaga qaytib, xiyonatkor ayoldan bolalarni tortib oladi.
Andrey Malaxovning "Pust govrat" ko‘rsatuviga Yo‘ldosh onasi bilan birga kelgan. Marinaning sobiq qaynonasi o‘g‘li O‘zbekistonga kelgach, keliniga yordam bergani Kemerovaga borgani va uni mast holatda ko‘rgani haqida so‘zlagan.
Ko‘rsatuvda aytilishicha, Marina ichkilikka ruju qo‘ygan ayol bo‘lgan va oqshomlari yo‘qolib qoladigan odat ham chiqargan. Ayolning ana shunday qilg‘iliqlaridan so‘ng Eshmatov Rossiyaga kelib, bolalarni olib ketgan.