Moskvada Qirg‘iziston fuqarolari yoppasiga qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishRossiya IIV Federal migratsiya xizmati noqonuniy migrantlar orasida tekshriuv o‘tkazmoqda
Rossiya IIV Federal migratsiya xizmati noqonuniy migrantlar orasida tekshriuv o‘tkazmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada 50 nafar qirg‘izistonlik qo‘lga olingan, ulardan 40 nafari qo‘yib yuborilgan. O‘n nafarining taqdirini esa sud hal qilishi aytilmoqda

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiya huquq-tartibot organlari Moskva shahrida 50 nafar Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga olishdi, deb xabar qildi Rossiyadagi Qirg‘iziston elchixonasi matbuot-xizmati.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar endi Rossiyaga "speszakaz" bo‘yicha boradimi?
Qirg‘iziston fuqarolarining yoppasiga qo‘lga olinishi 12-aprel kuni ro‘y bergan. Qo‘lga olinganlarni himoya qilish maqsadida Moskva shahridagi Qirg‘iziston elchixonasi xodimlari hodisa ro‘y bergan joyga yetib borganlar.

Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasi aralashuvidan so‘ng qo‘lga olingan 50 nafar qirg‘izistonlikning 40 nafari tekshiruv ishlaridan so‘ng qo‘yib yuborilgan. Qolgan 10 nafar fuqaro taqdiri esa 48 soat ichida mahalliy sud tomonidan hal qilinishi aytilmoqda.

Xabar berilishicha, ular Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunchiligini buzganliklari aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0