TOShKENT, 13 apr — Sputnik. AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida joylashgagn “Islom davlati” terrorchilari kimoviy qurol omborxonasiga zarba berdi. Ushbu zarba natijasida atrofga tarqalib ketgan zaharli gazlardan yuzlab jangarilar va mahalliy aholi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Suriya Bosh shtabi.
Zarba mahalliy vaqt bilan soat 17:30 – 17:50 lar atrofida berilgan.
“Zarba berilgan joyda dastlab oq bulut, keyin sariq bulut paydo bo‘ldi. Bu esa ushbu joyda ulkan miqdorda zaharli moddalar bo‘lganidan dalolat beradi.Omborxonada sodir bo‘lgan yong‘in soat 22:30gacha davom etdi”, — deyilgan RIA Novosti xabarida.
Tinch aholining yoppasiga qurbon bo‘lishi terrorchilarda ommaviy qirg‘in
Eslatib o‘tamiz, 4-aprel kuni Suriya muxolifati Hukumat Idlibda kimoviy zarba berdi, natijada 80 kishi qurbon bo‘ldi, 200 kishi jabrlandi, deb dunyoga jar solgan edi. Bunga javoban AQSh 7-aprelda Suriyaning “Shayrat” aviabazasiga 59ta qanotli raketa bilan zarba berdi. Oqibatda 7 kishi qurbon bo‘ldi. Ular orasida tinch aholi vakillari ham bor. Moskva AQShning ushbu zarbasini keskin qoralab, AQSh bilan harbiy ma’lumot almashishni to‘xtatib qo‘ygan edi.