TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Reks Tillerson seshanba kundan boshlab AQSh Davlat kotibi sifatida Rossiyaga ilk tashrifini boshlamoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xabarda ta’kidlanishicha, seshanba kuni rasman shartnomalar tuzilishi rejalashtirilmagan. "Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv chorshanba, 12-aprel kuni bo‘lib o‘tadi", — deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Tillerson Moskvaga Italiyadan uchib kelgan. Kuni kecha Italiyaning Lukka shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Damashqni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish masalasi muhokama qilingan.
Ammo "katta yettilik" rahbarlari bu ishni amalga oshirishga jazm etmadilar. Rossiya esa ushbu muzokaralar sermahsul o‘tishiga umid bildirmoqda.