NATO AQShni alyansdan voz kechmaslikka chaqirdi

© ARMEND NIMANI / AFPNATO bayrog‘i
NATO bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasi davomida NATOni “eskirgan tashkilot” deb atab, shimoliy alyansning xavfsizlik konsepsiyasiga ishonchsizlik bildirgan edi.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik.NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Birtaniyaning The Guardian gazetasi orqali AQSh yangi saylangan prezidenti Donald Trampga murojaat qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Murojaatning asosiy mavzuyi AQShda Trampning prezident etib saylanishi Rossiya va NATO munosabatlariga ta’siri bo‘ldi.

Varshavadagi NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
NATO faoliyatini tugatish arafasida – ekspert

“Biz, o‘z xavfsizligimizga nisbatan kutilayotgan chaqiriqlar davri oldida turibmiz. Ayni damda Yevropa va AQSh hamkorligini shubha ostiga oladigan vaqt emas”, — dedi Stoltenberg.

O‘zining saylovoldi kampaniyasida Tramp NATOni “eskirgan tashkilot” deb atadi va uning a’zolaridan ularning tashkilot oldida turgan vazifalarini to‘liq bajarishni talab qildi, jumladan mudofaa uchun mo‘ljallangan xarajaatlar borasida. Ushbu bayonotlardan keyin AQShda Tramp NATOning kollektiv xavfsizlik konsepsiyasiga ishonmay qarayotgani haqida fikrlar paydo bo‘ldi.

“NATO, o‘z ustavining  5 bandiga muvofiq (alyans a’zolaridan biriga hujum qilingan holda, uning boshqa a’zolari yordamga kelishi haqida), AQShga 11-sentabr teraktlaridan keyin yordam ko‘rsatdi. NATO Afg‘onistondagi operatsiya uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. U yerda o‘n minglab alyans askarlari xizmat qildi. Ulardan mingdan ortig‘i qurbon bo‘ldi. Bularning hammasi AQShga nisbatan qilingan hujumga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan javob bo‘ldi”, — deydi alyans bosh kotibi. 

Tashkilot bosh kotibi aytshiga ko‘ra, hamkorlikning mustahkam bo‘lishi NATO a’zolari orasida javobgarlikning adolatli ravishda bo‘linishiga bog‘liq.

“Bugungi kunda NATOning himoya maqsadlarida qilingan xarajaatlarining 70% AQSh hisobidan bo‘lmoqda. Ushbu xarajatlarni a’zolar orasida nisbatan baravar taqsimlash haiqdagi talablariga asos bor”, — deb qo‘shimcha qildi Yens Stoltenberg.

Yangiliklar lentasi
0