O‘zbekistonda migrantlar uchun rus tilidan test markazlari ochilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUchebnie posobiya po russkomu yaziku dlya migrantov, arxivnoe foto
Uchebnie posobiya po russkomu yaziku dlya migrantov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada rus tili bo‘yicha sinov markazlarining ochilishi Rossiyada ishlashni rejalashtirgan fuqarolarga imtihonlarga muammolarsiz tayyorlanish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishi haqida sertifikat olish imkoniyatini beradi

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston hududida migrantlarni rus tili bo‘yicha imtihonlardan o‘tkazish markazlari tashkil etilishi mumkin. O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiyaning Moskvadagi Pushkin nomidagi rus tili davlat institutiga qilgan tashrifi chog‘ida shu haqda so‘z borgan.

Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti boshqa davlat fuqarolarini testdan o‘tkazish bo‘yicha davlat tizimiga javob beruvchi Rossiya test konsorsiumi tarkibiga kiradi. Institut bilan birgalikda ishlashdan maqsad o‘zbekistonliklar uchun Rossiyada ishlashga ruxsat olish jarayonini imkon qadar yengillashtirishdir.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar endi Rossiyaga "speszakaz" bo‘yicha boradimi?

O‘zbekiston vakillarining fikricha, respublikada bunday sinov hamda kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishida bir nechta markaz ochish imkoniyati mavjud. Respublikada rus tili bo‘yicha sinov markazlarining ochilishi Rossiyada ishlashni rejalashtirgan fuqarolarga imtihonlarga muammolarsiz tayyorlanish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishi haqida sertifikat olish imkoniyatini beradi.

Tomonlar o‘zaro muzokaralardan so‘ng O‘zbekistonda test markazlari istiqbolli foydalanuvchilar, xususan markazda ta’lim olish va imthonlarga tayyorlanish istagida bo‘lganlarning barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda kompleks yondashuv asosida tashkil etilishi lozim degan xulosaga keldilar.

Mehnat vaziri Aziz Abduhakimovning aytishicha, Rossiya hududida O‘zbekistondan bo‘lgan qariyb 1,6 mln. mehnat migranti bo‘lib, respublika ularning xorijda ishlashida qonunga rioya etilishidan manfaatdor.

Yangiliklar lentasi
0