Jamiyat

Minnatdorlik va qaygʻu ila: Karimov qabrini ziyorat qiluvchilarning cheki yoʻq

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etganiga olti oydan oshdi, uning Samarqanddagi qabrini ziyorat qiluvchilar oqimi esa hali-hanuz tingani yoʻq

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etganiga olti oydan oshdi, uning Samarqanddagi qabrini ziyorat qiluvchilar oqimi esa hali-hanuz tingani yoʻq. Bu yerga respublikaning barcha burchaklaridan har kuni minglab kishilar kelishadi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Birinchi Prezident xotirasi xalq qalbidan nima uchun bunchalik chuqur joy olgani borasida fikr yuritadi.

Asoschi ota

Islom Karimov nafaqat mustaqillik eʼlon qilinishining boshida turgan, balki mustaqillikka tamal toshini qoʻygan istiqlol asoschisi hamdir. Karimovning eng katta xizmati shundaki, u "notinch 90-yillar" deb ataluvchi ogʻir davrda mamlakatni saqlab qolish bilan birga uning oʻz yoʻlini tanlab rivojlanishini taʼminlagan.

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Islom Karimov – qalblarga haykalini oʻrnatgan rahbar

Mamlakat mustaqillikka erishishi bilanoq Oʻzbekistonda turli ekstremistik va radikal kuchlarning buzgʻunchilik faoliyati oqibatida bir nechta beqarorlik oʻchoqlari paydo boʻldi. Mamlakat sharqida, Fargʻona vodiysida vahhobiylar guruhi xalifalik tuzumini oʻrnatishga urinishdi.

Vodiy xalqi tahlikaga tushib qoldi, huquqni muhofaza qiluvchi kuchlar ojizlanib, hattoki ularning hayotiga suiqasdlar uyushtirildi, radikal oqim aʼzolari esa aholini musulmon va kofirlarga ajrata boshladi. Lekin Oʻzbekiston yetakchisi Islom Karimovning irodasi va jasurligi tufayli respublikada ehtimol mamlakat tarixida yuz berishi mumkin boʻlgan eng qonli urushning oldi olindi.

Birinchi Prezident bu odamlar bilan kelishib boʻlmasligini darhol angladi va mamlakatni ulardan tozalash borasida keskin choralarni koʻrdi. U xalqni himoya qilishga va respublikada barqarorlikni saqlab qolishga erishdi. U rahbarlik qilgan chorak asr davomida respublikada birorta ham urush yoki inqilob sodir boʻlmadi. Oʻzbekiston xalqi aynan shu tufayli marhum rahbardan cheksiz minnatdor.

Vasiyatiga koʻra

Islom Karimov vafotidan soʻng katta ehtirom bilan vasiyatiga koʻra oʻzi tugʻilib-oʻsgan Samarqand shahrida dafn etildi. Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti bilan vidolashish uchun oʻnlab xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari, shuningdek, bir necha davlatlar va hukumat rahbarlari yetib kelishdi. Rossiya nomidan bosh vazir Dmitriy Medvedev qatnashdi, uch kundan keyin esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin Karimov qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga keldi.

© Sputnik / Islom Karimov oʻqigan maktab
Shkola, v kotoroy uchilsya Islam Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimov oʻqigan maktab

Islom Karimov Samarqanddagi tarixiy Shohi-Zinda qabristoniga dafn etildi. Darvoqe, Oʻzbekiston Birinchi Prezidentining ota-onasi ham shu qabristonga dafn etilgan.

Motam marosimi Registon maydonidagi Tillakori madrasasi yonida oʻqildi. Muftiy Usmonxon Alimov bir necha ming erkak ishtirokida janoza namozini oʻqidi. Soʻngra marhumning tobuti Registondan ikki kilometrcha uzoqlikda joylashgan Shohi-Zinda memorial majmuasiga qoʻlma-qoʻl qilib olib ketildi.

Samarqandliklar Islom Karimov bilan vidolashdilar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand ahli Islom Karimov bilan vidolashdi

Oʻzbekistonliklar marhum yetakchilarini qahramonlardek dafn etdilar. Uni soʻnggi yoʻlga kuzatayotganlarida esa koʻz yoshlarini tiya olmadilar. Toshkent va Samarqandda motam korteji bir necha kilometrli jonli yoʻlak orasidan oʻtdi, odamlar kortej yoʻlini gullarga toʻldirishdi. Ayollar ochiqchasiga yigʻladilar, erkaklar esa koʻz yoshlarini kaftlari bilan berkitgancha yigʻlashdi. Birgina mana shu holatning oʻzi oʻzbek xalqi oʻz prezidentini qanchalar ardoqlagani va sevganini isbotlaydi.

Ziyoratchilarning cheki yoʻq

Bugungi kunda Islom Karimov qabri barcha ziyoratchilar uchun ochiq. Balki, ayni paytda Oʻzbekistonda odamlar eng koʻp tashrif buyuradigan bu yerdan boshqa joy yoʻq boʻlsa ajabmas, Samarqand esa qanchalik qaygʻuli eshitilmasin, oʻzining asosiy diqqatga sazovor maskaniga ega boʻldi. Ziyoratchilar marhum prezidentning xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun bu yerga mamlakatning barcha burchaklaridan oilaviy va guruh boʻlib keladilar. U aholi xotirasida qattiqqoʻl, lekin mehribon bobo sifatida qolgan, xalq Karimovni "doda" atardi.

© Sputnik / Navbatda turgan ziyoratchilar
Ochered k mogile Islama Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Navbatda turgan ziyoratchilar

Bu yerda oʻzbekistonliklardan tashqari chet elliklarni ham uchratish mumkin. Qabr oldiga yetib borish uchun uzun navbatga turish kerak boʻladi. Tartibni saqlashga masʼul militsiya xodimlari ziyoratchilarni 20-30 kishilik guruhlarga boʻlgan holda oʻtkazadi. Ziyoratchilar mullaning marhum haqiga qilgan tilovatidan soʻng duoga qoʻl ochishadi va keyingi ziyoratchilar guruhiga joy boʻshatishadi.

"Men Karimovning qabrini ziyorat qilgani ilk bor keldim. Keldimu muhtaram prezidentimiz vafot etgan kuni qanday yigʻlagan boʻlsam, yana xuddi oʻshanday yigʻlab yubordim. Bu mening hayotimdagi eng katta yoʻqotish boʻldi. Islom Abdugʻaniyevich bizga mustaqillik, barqarorlik, musaffo va tinch osmonni tuhfa qilgandi. Xalq buni hech qachon unutmaydi, uning xotirasi abadiy yodimizda qoladi", — dedi Termizdan ikki nabirasi bilan birga kelgan Qudrat bobo.

© Sputnik / Navbatda turgan ziyoratchilar
Ochered k mogile Islama Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Navbatda turgan ziyoratchilar

Bu yerga kelganlarning aksariyati koʻzida yosh koʻrishingiz mumkin, ular goʻyoki oʻtgan yilning sentyabrida yuz bergan musibatni qaytadan boshdan kechirayotgandek boʻlishadi.

Bu yerda haykal va yodgorlik majmuasi boʻladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, Islom Karimov nomi Jorj Vashington, Sharl de Goll, Mustafo Kamol Otaturk singari davlat va siyosat arboblari qatorida turadi. Birinchi Prezident haqli ravishda Oʻzbekiston mustaqilligining asoschisi hisoblanadi. Shu bois ham mamlakatda uning xotirasi abadiylashtiriladi.

Islom Karimov xotirasi abadiy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Muzey, fond, yodgorliklar va aeroport: Islom Karimov xotirasi abadiylashtiriladi

Toshkent shahrida, Islom Karimov tugʻilib oʻsgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallar oʻrnatiladi. Islom Karimov dafn etilgan hududda maqbara barpo etiladi. Uning loyihasini shaxsan Shavkat Mirziyoyevning oʻzi tasdiqladi.

Samarqandda sharq va milliy hunarmandlikning eng yaxshi namunalari asosida Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik majmuasi quriladi.

© StringerSamarqandda quriladigan maqbara eskizi
Eskiz mavzoleya v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqandda quriladigan maqbara eskizi

Shuningdek, u tugʻilib-oʻsgan uyda Islom Karimov muzeyi tashkil etiladi.

Islom Karimov nomi bilan atalgan obʼyektlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki xorijiy davlatlarda ham paydo boʻldi. Turkmanobod shahrida Islom Karimov nomli koʻcha va uning xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik majmuasi bor, Rossiya poytaxtidagi xiyobonlardan biri Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti nomi bilan atalmoqda, tez orada bu yerda haykal ham qad rostlaydi.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov Islom olami va madaniyati rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan, buni oʻzining asosiy vazifalaridan biri deb bilardi. Unga bejizga dunyodagi eng keng tarqalgan dinlardan biri nomi qoʻyilmagan, uning familiyasi esa "saxovatli, qadri ulugʻ" maʼnolarini bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0