Noqulay mehnat sharoiti uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishSex ishchisi
Sex ishchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy kafolatlar, sog‘liqni muhofaza qilish, xodimlar va ularning oila a’zolarini, jumladan, bolalarni sog‘lomlashtirish masalalari ham jamoa kelishuvlari va shartnomalarining muhim bo‘limi hisoblanadi. 2016-yilda korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 4 ming 865 yosh oilaga maishiy texnika xarid qilish hamda uy-joy qurish uchun foizsiz csudalar ajratildi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan @Jamoa shartnomalari va kelishuvlari mehnatkashlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ular turmushi darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri@ mavzuyida matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Telegram messenger - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi Telegramga o‘z stikerlarini joyladi
"Jamoa shartnomasi korxona, tashkilot va muassasalarda ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir, – deydi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni himoyalash bo‘limi mudiri Mahmud Isayev. – Qonun hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik umumrespublika, tarmoq, hududiy va mahalliy miqyosda amalga oshiriladi. 2017-2019-yillar uchun tuzilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid bosh kelishuv asosida mamlakatimizda 95 tarmoq, 14 hududiy kelishuv, bevosita korxona, tashkilotlarda 158 mingdan ortiq jamoa shartnomalari amal qilmoqda".

Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlarning manfaatlarini himoya qilishda qo‘l kelmoqda. Unga xodimlar mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarni o‘rnatish tartibiga oid aniq va batafsil meyorlar kiritilmoqda. Mehnat xavfsizligi darajasini oshirish, ish o‘rinlarida sanitariya-gigiyenik vaziyatni yanada yaxshilash, xodimlarni yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalari, sanitariya-maishiy xonalar bilan ta’minlash, ish o‘rinlarini shahodatdan o‘tkazish, mehnat muhofazasi qoidalariga o‘rgatish, tegishli tartibda xodimlarga imtiyoz va kompensatsiyalar berish kabi masalalar ham o‘rin olgan.

Ijtimoiy kafolatlar, sog‘liqni muhofaza qilish, xodimlar va ularning oila a’zolarini, jumladan, bolalarni sog‘lomlashtirish masalalari ham jamoa kelishuvlari va shartnomalarining muhim bo‘limi hisoblanadi. 2016-yilda korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 4 ming 865 yosh oilaga maishiy texnika xarid qilish hamda uy-joy qurish uchun foizsiz csudalar ajratildi.

Ijtimoiy himoyatalab oilalar vakillariga moddiy yordam ko‘rsatish uchun kasaba uyushmalari va ish beruvchilar hisobidan qariyb 46 milliard 150 million so‘m yo‘naltirildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident buyrug‘i: barcha qonunlar o‘z vaqtida, sifatli va so‘zsiz bajarilsin
Matbuot anjumanida joriy yilda tuzilayotgan jamoa shartnomalari va kelishuvlarida "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi, eng kam mehnat haqi standartlariga rioya etilishi yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, xodimlarni tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish, noqulay mehnat sharoiti uchun qo‘shimcha haq to‘lash, yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironlar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, turizm va sog‘lomlashtirishni tashkil etish, xodimlar gimnastikasini joriy etish kabi masalalar ham kun tartibidan joy olgan.

Mutaxassislar jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Yangiliklar lentasi
0