O‘zbekistonning sanoat mahsulotlari Tojikistonda namoyish etiladi

Obuna bo‘lish
Joriy yil 17-20-aprel kunlari Tojikiston poytaxtida O‘zbekiston sanoat korxonalari mahsulotlarining birinchi ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonning sanoat mahsulotlari Dushanbeda namoyish etiladi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Xorijiy yurtlarda ko‘rgazma, savdo yarmarkalari va biznes uchrashuvlarini tashkil etish zamonaviy sharoitlarda har qanday mamlakatning iqtisodiy, sarmoyaviy va innnovatsiya siyosatini ilgari surishning samarali vositasi hisoblanadi. Qolaversa, bunday tadbirlar o‘zaro hamkorlik qilayotgan davlatlarning korxonalari va ishbilarmon doiralari uchun ham foydali bo‘lgani barobarida o‘sha mamlakatlar xalqlarini ham bir-biriga yaqinlashtiradi.

Ko‘rgazma-yarmarka tashkilotchilarining ma’lum qilishlaricha, bo‘lib o‘tajak tadbir O‘zbekiston kompaniyalari vakillarining tojikistonlik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadi.

Muzokaralar mahalliy bozordagi talabni o‘rganish, har ikki mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bevosita tanishish, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikka doir keng qamrovli masalalarni muhokama etish imkonini beradi. Kutilayotgan o‘zaro manfaatli shartnomalar va kelishuvlar esa O‘zbekiston hamda Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi muloqot ko‘lamlarini kengaytirish va savdo-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Dushanbeda O‘zbekiston sanoat korxonalari mahsulotlarining ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish aynan ana shu maqsadga yo‘naltirilgan. Bu O‘zbekiston hamda Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning so‘nggi yig‘ilishi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ruhiga hamohangdir.

Yangiliklar lentasi
0