TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston TIV rahbari Kamilov Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi, deb xabar qilingan O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.
3 Aprel 2017, 19:35
"2017-yil 6-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Tojikistan Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojidin Aslov bilan uchrashdi", — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, suhbat davomida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan MDH doirasidagi munosabatlar muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashilgan.
Uchrashuvda Tojikiston Elchisi Sodiq Imomi ishtirok etgan.