TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan uchrashuvdan oldin qichqirib savol berishga uringan jurnalistlarga odob-axloq haqida eslatib qo‘ydi.
"Sizlar Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlayotganingiz to‘g‘rimi? Oq Uyning kechagi bayonotini qanday izohlaysiz?", — so‘radi muxbir ayollardan biri.
"Oq Uyning kechagi bayonotiga javobingiz bormi?", — qichqirdi boshqa bir jurnalist ayol.
"Sizlarga kim tarbiya bergan o‘zi? Odobni kimdan o‘rgangansiz?", — dedi Lavrov bunga javoban.
So‘ngra Rossiya vaziri nutq so‘zladi, navbatni Tillersonga berdi va amerikalik jurnalist ayolga qarata dedi: "Ana endi qichqirsangiz bo‘laveradi". Ayol unga iljaygancha "rahmat" dedi.
Biroq uning hamkasblari kinoyani tushunishmadi va yana qichqirib savol berishga tushishdi.