TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti o‘z yurtida ishlab chiqarilgan poyabzal kiyishini aytib, barcha hamurtlarini mahalliy tovarlarni xarid qilishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston nashri.
"Men sizlarning poyabzallaringizni xarid qildim, ko‘rsatish uchun oyog‘imni ko‘tarib o‘tirmayman, lekin hozir aynan sizlar yaratgan poyabzaldaman", — deb ta’kidlagan Nursulton Nazarboyev korxona rahbariga murojaat eta turib.
Shundan so‘ng, Nazarboyev barcha qozog‘istonliklarga murojaat etib, "Qozog‘iston yengil sanoatini qo‘llab quvvatlash va faqat mahalliy tovarlarni xarid qilishga" da’vat qilgan.
Nazarboyev, shuningdek, Olma-otalik poyabzal ishlab-chiqaruvchilarga murojaat qilib, "rabotabardosh bo‘ling, sifat darajasida Italiya va Fransiya poyabzallariga bo‘sh kelmang", — deya uqdirgan.