Toshkent IIB bo‘yi 170 smdan past bo‘lmaganlarni ishga taklif qilmoqda

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy militsioner
Uzbekskiy militsioner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nomzod O‘zbekiston Respublikasi IIV meyoriy buyruqlari asosida boshlang‘ich suhbatdan o‘tadi, o‘rnatilgan tartibda diktant yozadi, shaxsiy psixologik test va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha imtihon topshiradi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkent shahar IIB doimiy propiska asosida poytaxtda yashaydigan fuqarolarni ishga qabul qiladi. Bu haqdagi e’lon "Kun.uz" saytida berilmoqda.

Unga ko‘ra, yoshi 30dan oshmagan, bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan, o‘rta, o‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumotga ega, oylik yoki muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining harbiy kafedrasini bitirganlar ichki ishlar organlarida ishlashga taklif etiladi.

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni

Nomzod O‘zbekiston Respublikasi IIV meyoriy buyruqlari asosida boshlang‘ich suhbatdan o‘tadi, o‘rnatilgan tartibda diktant yozadi, shaxsiy psixologik test va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha imtihon topshiradi.

Shundan so‘ng nomzod kerakli hujjatlarni topshirishi va harbiy vrachlik komissiyasida tibbiy tekshiruvdan o‘tadi, xizmat yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda malaka oshiradi hamda yakuniy test imtihonini topshiradi.

Ichki ishlar organiga qabul qilinganligi haqidagi buyruq chiqquniga qadar nomzodning yoshi 30dan oshib ketmasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0