"Euronews" o‘zbek palovi tayyorlanishi sirini namoyish etadi

© PixabayUzbekskiy plov
Uzbekskiy plov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilk soni 2016-yil yanvar oyida efirga uzatilgan ushbu turkumda o‘tgan yil davomida O‘zbekistonning tarixiy va sayyohlik jihatidan diqqatga sazovor maskanlari, o‘zbek xalqining an’ana va urf-odatlari haqida 23ta ko‘rsatuv namoyish etildi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Mazkur haftada "Euronews"ning "O‘zbekistondan suratli nomalar" ("Postcards from Uzbekistan") turkumidagi dasturlari o‘zbek palovining tayyorlanishi sirlari haqidagi ko‘rsatuv bilan nihoyasiga yetadi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Ko‘rsatuv ijodkori Sheymus Kerni har bir o‘zbek xonadoni mehmondorchiligida alohida o‘rin tutuvchi mashhur taom — palov haqida to‘xtalib, O‘zbekistonga kelgan har bir mehmon uni albatta tatib ko‘rishi kerakligini ta’kidlaydi.

"Euronews" Buxoro gumbazlari haqida ko‘rsatuv tayyorladi

Aynan shu maqsadda "Euronews" telekanalining tasvirga olish guruhi O‘zbekiston poytaxtidan 80 kilometr masofadagi tabiat qo‘ynida joylashgan Xo‘jakent qishlog‘ida bo‘lib, mashhur taomning tayyorlanish sirlari bilan tanishdi va uning mazasidan bahramand bo‘ldi. Mahalliy restoran bosh oshpazi Ixtiyor Nazarov ushbu taomning tayyorlanish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tomoshabinlarga palovning bayramlarda, muhim tadbirlarda, to‘y marosimlari va tug‘ilgan kunlarda tayyorlanishi, ayni paytda bitta oshpaz yuzdan oshiq mehmonga yetgulik palov pishirishi mumkinligi haqida tushuntirish beriladi.

Sh.Kerni ushbu taomni oilaviy yig‘inlar va do‘stlardan tashkil topgan davralar dasturxonida ko‘p uchratish mumkinligi, u "O‘zbekistondan suratli nomalar" turkumining so‘nggi soni uchun juda mos kelishini qayd etadi.

Ilk soni 2016-yil yanvar oyida efirga uzatilgan ushbu turkumda o‘tgan yil davomida O‘zbekistonning tarixiy va sayyohlik jihatidan diqqatga sazovor maskanlari, o‘zbek xalqining an’ana va urf-odatlari haqida 23ta ko‘rsatuv namoyish etildi.

Gosudarstvenniy muzey iskusstv Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Euronews O‘zbekiston davlat san’at muzeyi haqidagi ko‘rsatuv namoyishini boshladi

"O‘zbekiston — sehrli Sharqning timsoli" reklama roligi bilan birgalikda efirga uzatilgan qiziqarli va ma’rifiy lavhalar dunyoning turli qit’alaridagi "Euronews"ning ko‘p millionli tomoshabinlarini O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari va madaniy merosi, o‘zbek xalqining olijanoblik va mehmondo‘stlik fazilatlari bilan yanada ko‘proq tanishtirishga xizmat qildi.

"Euronews" telekanalining so‘nggi — "O‘zbek palovi: ziravorlar ta’mi, an’analar ruhi" teleturkumi quyidagi jadval asosida efirga uzatiladi:

12 aprel, chorshanba 04:55; 18:18

13 aprel, payshanba 14:18; 17:14

14 aprel, juma 10:41; 19:20

15 aprel, shanba 08:17; 12:14; 16:43

16 aprel, yakshanba 05:17; 20:19

Yangiliklar lentasi
0