O‘zbekistonda to‘rt viloyat hokimi yangi o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBo‘sh kreslo
Bo‘sh kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hokimlarning yangi o‘rinbosarlari bu yo‘nalishda bir o‘zlari ishlamaydi, ularning har biriga maxsus kotibiyat tashkil etish rejalashtirilgan hamda u viloyat turistik brendini xorijda ommalashtirish va kerakli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston hukumati viloyat ma’muriyatlari shtatiga yangi – hokimlarning turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy qilish bo‘yicha tajribaviy dasturni amalga oshirish niyatida, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri hukumatdagi manbaga tayangan holda.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hokimlarning yangi o‘rinbosarlari bu yo‘nalishda bir o‘zlari ishlamaydi, ularning har biriga maxsus kotibiyat tashkil etish rejalashtirilgan hamda u viloyat turistik brendini xorijda ommalashtirish va kerakli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanadi.

"Bu tajribaviy loyiha uchun to‘rt mintaqa tanlab olindi – Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari. Ular tasodifan tanlanmadi, tarixiy yodgorliklarning aksariyati shu yerda joylashgan, kerakli infratuzilma qisman yaratilgan, ularni jadallik bilan rivojlantirish lozim. Kelajakda olingan tajriba butun respublikada qo‘llaniladi", — deya ta’kidlab o‘tgan suhbatdosh.

Yangi lavozimlarni joriy qilish maxsus hujjat bilan rasmiylashtiriladi, u ayni damda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanish jarayonida turibdi.

Yangiliklar lentasi
0