Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umarbek Xalilov Navoiy shahrining yangi hokimi etib tayinlandi. Sobiq hokim Ne’matillo Axatov ushbu lavozimda 2013-yildan beri ishlab kelayotgan edi.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Navoiy shahrining yangi hokimi etib Umarbek Xalilov tayinlandi. Ushbu qaror Navoiy shahar deputatlarining navbatdagi kengashida qabul qilindi.

Shaharning sobiq hokimi Ne’matillo Axatov ush bu lavozimda 2013-yildan buyon ishlab kelayotgan edi.

Yangi hokim Umarbek Xalilov O‘zbekiston Prezident apparatida ishlab kelgan va Davlat maslahatchisi xizmatida inspektor vazifasini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti shavkat Mirziyoyev mart oyining oxirida Navoiy viloyatida bo‘lib bir qator loyihalarning amalga oshirilish jarayoni bilan tanishib, mahalliy aholi bilan muloqotda bo‘lgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0