Gulsanoy O‘zbekiston fuqarosi, lekin Qirg‘izistonda yashab kelgan, ota-onasi ham o‘sha yoqda.
U Moskvada turmush qurgan, lekin o‘g‘li tug‘ilishi bilan eri uni tashlab ketgan. Chaqaloq 15-yanvar kuni dunyoga kelgan.
Hozirda Gulsanoy "Rechnoy vokzal" metro stansiyasi yaqinidagi quruvchilar vagonida yashamoqda.
"Erim ketib qolganiga uch oy bo‘ldi, qayerga murojaat qilishni bilmayman, menga hech kim yo‘l ko‘rsatmayapti. Tezroq uyga qaytishni istayman. Men bunday bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Tezroq Moskvadan o‘g‘limni olib chiqib ketsam yaxshi bo‘lardi. Men shunday bo‘lishini xohlamagandim", — deydi ayol.
Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ham yo‘q, chunki tug‘ruqxonadan chiqayotganida ayol hujjat uchun to‘lanadigan 12 ming rublni to‘lamagan.
Gulsanoy bilan Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari bog‘lanishgan, lekin bolaga hujjat olish uchun ayol O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilishi lozim. Chunki u O‘zbekiston fuqarosi.
Ayol faqat bir narsani: unga uyga qaytishga yordam berishlarini so‘ramoqda.