TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Jizzax shahridagi "Xalqlar do‘stligi" shox ko‘chasi endi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan ataladi, deb xabar qildi Jizzax viloyat hokimligi.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi geodeziya va kartografiya milliy markazi qoshidagi ekspert komissiyasi bergan xulosada ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 25-yanvar kuni imzolangan "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish belgilab qo‘yilgan edi.