Aliment to‘lamaydiganlarga nisbatan javobgarlik kuchaytirilmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSud ramzi
Sud ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Protsessual kodeksiga nikohni bekor qilish bilan bog‘liq bir qator qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi shahar prokuraturasi, Jinoyat ishlari hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudlari, Adliya boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Mehnat bosh boshqarmasi, Sud departamentining shahar hududiy boshqarmasi, "Toshkent pochtampt" filiali bilan hamkorlikda qasddan aliment to‘laymadiganlarga nisbatan qo‘shma qaror qabul qildi, deb xabar beradi nuz.uz.

Shahar ma’muriyatining ma’lum qilishicha, 2016-yil 1-dekabr holatiga sud ijrochilari bo‘limlari ish yurituvida 21904 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari qayd etilgan. O‘tgan yilning to‘rt oyi davomida Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelib tushgan jami 1524 murojaatdan 688 tasini (45,1%) davriy aliment qarzdorliklar bilan bog‘liq masalalar tashkil qilgan.

Mazkur qaror oilaviy ajralishlar tufayli tomonlar o‘rtasidagi mulkiy masalalarni qonun darajasida hal etish, aliment to‘lovlarini undirishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyati bo‘yicha mexanizmlarni tartibga solish bilan birga, ota-onalar va kezi kelganda, farzandlarning bu boradagi javobgarligini oshirishga qaratilgandir. Muhim jihati, mazkur qaror, ayniqsa keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan oilaviy ajralishlar oqibatida jabr chekayotgan farzandlarning manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Protsessual kodeksiga nikohni bekor qilish bilan bog‘liq bir qator qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Ya’ni nikoh bekor qilinayotgan vaqtda sudyalar ayol va uning farzandlari qayerda yashashi, farzandlar kim bilan qolishlari, aliment miqdori bilan bog‘liq savollarni ham birato‘la hal qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0