G7 mamlakatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmadi

© AFP 2023 / Vincenzo PintoSammit Ministrov stran G7 v Lukke 10-11 aprelya, 2017 goda
Sammit Ministrov stran G7 v Lukke 10-11 aprelya, 2017 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G7 mamlakatlari vakillari Bashar Asad Suriya rahbarligidan ketishi kerak va mamlakatda xalqaro hamjamiyat kuzatuvi ostida tinchlik o‘rnatish kerak degan qarorga kelishdi.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro aytishiga qaraganda “Katta yettilik” mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilmadi, Reyter xabariga asosan.

Italiyaning Lukka shahrida 10-11 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvda G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bir ovozdan Bashar Asad Suriya rahbarligidan ketishi kerak degan qarorga kelishgan. Shuningdek, ularning mamlakatlar tinchlikni o‘rnatishga qaratilgan birinchi qadam, bu – bo‘layotgan janglarni to‘xtatish, va tinchlik o‘rnatish jarayoni ustidan xalqaro hamjamiyat kuzatuvini tashkil qilish, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish kerakligini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0