Xohlovchilar topilmadi: Toshkent-Dushanbe reysi bekor qilindi

Obuna bo‘lish
Toshkent - Dushanbe reysi kerakli miqdorda yo‘lovchilarni yig‘a olmagani uchun bekor qilindi

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Toshkent-Dushanbe reysi 4-aprel kuni amalga oshirilishi kutilayotgan edi. Ammo reys kerakli miqdorda yo‘lovchilar to‘planmagani uchun bekor qilindi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Somon Eyr samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbe-Toshkent aviareysini barbod qilganlar ishdan bo‘shatildi
Nashrning yozishicha, bu haqda "O‘zbekiston Havo Yo‘llari" kompaniyasi vakili xabar qilgan.

"4 aprel kuniga rejalashtirilgan reys bekor qilindi, bunga yo‘lovchilar yetishmasligi sabab bo‘ldi", — deb aytgan nashrga kompaniya xodimi.

Reys qachon amalga oshirilishi hozircha noaniq qolmoqda.

Sal oldin O‘zbekiston havo yo‘llari Dushanbeda vakolatxona ochgani haqida xabar qilgan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston orasida aviaqatnom 1992-yilda Tojikistonda sodir bo‘lgan fuqaro urushi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0