TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Yo‘l qurilishini nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda avtomobil yo‘llari Davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
"O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan bevosita hukumatga bo‘ysunuvchi hamda Respublikadagi yo‘l qurilishini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi tashkil etildi", deyiladi xabarda.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilish ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
qurilishi tugallangan yo‘l obyektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish;
yo‘l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni tashkillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish;
yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish.
Inspeksiyaning tasdiqlangan tuzilmasiga ko‘ra, unda faoliyat ko‘rsatadigan 26 nafar davlat inspektori Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yo‘l qurilishi ishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borishadi.