O‘zbekistonda endi o‘nqir-cho‘nqir yo‘llar bo‘lmaydi - Mirziyoyev farmoni

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishYo‘lda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari
Yo‘lda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2017-2018-yillarda qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash belgilangan

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti 2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Hujjatga ko‘ra, 2017-2018-yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017-yilda — 2700 kilometr, 2018-yilda — 2754 kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash belgilangan.

Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi yo‘llarda yagona texnika siyosati olib boriladi
Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yo‘llarni ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar 330 ta yo‘l texnikasi bilan ta’minlanadi.

Xabarga ko‘ra, mavjud respublika xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posolkalari, qishloq va ovullar ko‘chalarini bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish va ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 295 kilometr, Andijon viloyati bo‘yicha — 324 kilometr, Buxoro viloyati bo‘yicha — 439 kilometr, Jizzax viloyati bo‘yicha — 222 kilometr, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha — 679 kilometr, Navoiy viloyati bo‘yicha — 216 kilometr, Namangan viloyati bo‘yicha — 309 kilometr, Samarqand viloyati bo‘yicha — 479 kilometr, Surxondaryo viloyati bo‘yicha — 535 kilometr, Sirdaryo viloyati bo‘yicha — 267 kilometr, Toshkent viloyati bo‘yicha — 516 kilometr, Farg‘ona viloyati bo‘yicha — 520 kilometr, Xorazm viloyati bo‘yicha — 321 kilometr va Toshkent shahri bo‘yicha — 332 kilometr yo‘llar va ko‘chalarni ta’mirlash nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0