Urgutlik narkokuryerlar qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Urgutlik besh nafar fuqaro Samarqand va Toshkent viloyatlarida narkotik kontrabandasi va noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganligi aniqlandi

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Jinoiy ishlar bo‘yicha Urgut tumani sudida tumanning besh nafar fuqarosiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish ko‘rib chiqildi, deb xabar tarqatdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, urgutlik fuqarolar Samarqand va Toshkent viloyatlarida narkotik kontrabandasi va noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelishgan.

Ayblanuvchi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 3 nafar vatan xoinlari fosh etildi
"Tergov jarayoni davomida aniqlanishicha, Urgut tumani Satang mahallasida yashovchi 27 yashar A. Haqnazarov 2015-yilning mart oyi boshlarida Sh. Salomov ismli fuqaroga bir necha gramm opiumni pullagan. Oradan bir oy o‘tib, Haqnazarov xuddi shunday operatsiyani A. Vaxobov bilan takrorlagan. Bu safar kontrabanda tovar miqdori yuz grammdan ortiqni tashkil qilgan.

Oradan bir muncha vaqt o‘tib, ushbu uyushmaga toshkentlik B. Sulaymonov kelib qo‘shilgan", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ikki oy davomida narkokuryerlar bir kilogrammdan ziyod kontrabanda tovarni pullashga muvaffaq bo‘lishgan. Respublika ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida A. Haqnazarov topshirig‘iga binoan Toshkentga, B. Sulaymonovga narkotiklarning navbatdagi partiyasini olib borayotgan A. Vaxobov qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0