TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Biroz avval shampionat.asia xabari asosida, "Paxtakor" klubi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berib, Alisher Usmonov klubning yangi aksioneriga aylangani ma’lum qilingan edi.
Shuningdek, xabarda MOQ vitse-prezidenti, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Axmatdjanov Umid Maxamatdjanovich klubning bosh direktori etib tayinlangani to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.
"Paxtakor" futbol klubi Tvitterdagi sahifasi orqali bu xabarlarni rad etib, shampionat.asia saytida klub haqida paydo bo‘lgan ma’lumot noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qildi.
Klubning rasmiy saytida esa ushbu o‘zgarishlar borasida hech qanday xabar berilmadi.