TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Alisher Usmonov "Paxtakor" klubi aksioneriga aylandi, deb xabar bermoqda "uz24" nashri.
Nashr xabariga ko‘ra, bugun "Paxtakor" klubi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berib, Alisher Usmonov klubning yangi aksioneri deb e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval "Arsenal" (London)klubining egalaridan biri (Arsenal Holdings ning 23 % aksiyasiga ega) bo‘lgan Alisher Usmonov ni "Navbahor" klubiga e’tibor qaratishi va har tomonlama ko‘mak berishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Nashr xabariga ko‘ra, shuningdek MOQ vitse-prezidenti, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Axmatjanov Umid Maxamatjanovich "Paxtakor" klubining bosh direktori etib tayinlangan. Klub bosh direktori lavozimida bugunga qadar Rustam Ko‘paysinov ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada klub bosh murabbiy etib Ravshan Haydarov tayinlangan edi.