Xorijdagi o‘zbek milliarderlari O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shishni boshlashdi

© ugmk.comMaxmudov Iskandar Qahramonovich
Maxmudov Iskandar Qahramonovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxorolik Iskandar Mahmudov $1,5 mlrd.lik investitsiya kiritmoqda

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Toshkent va Moskva o‘rtasida Rossiyaning UGMK-Xolding kompaniyasi bilan O‘zbekistonda Tebinbuloq temir konida vanadiy-titan magnetit ruda ishlab chiqish hamda po‘lat ishlab-chiqarish sanoatini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolagani haqida xabar bergan edik.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya 4 mlrd dollarga qanday shartnomalar imzolamoqchi?
Asosiy aksiyadori va prezidenti o‘zbekistonlik Iskandar Mahmudov bo‘lmish rus xoldingi bu loyihaning amalga oshirish uchun 1,5 milliard dollar mablag‘ sarf etadi, deb xabar qilmoqda vodiymedia.uz.

Bu mablag‘ evaziga Tebinbuloq konida rudani qayta ishlanadi va po‘lat quyish zavodi quriladi.

UGMK — Rossiyaning tog‘-metallurgiya kompaniyasi bo‘lib, mis, sink, ko‘mir, va qimmatbaho metallarning yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Xolding o‘z tarkibiga Rossiyaning 15 regioni hamda Chexiya, Serbiya, Fransiya va Buyuk Britaniyada joylashgan 40 dan oshiq zavod va kombinatlarni birlashtirgan. Unda 80 mingdan oshiq xodim ishlaydi. Kompaniya prezidenti Iskandar Mahmudov (50,0004%), bosh direktor Andrey Kozitsin (34,9996%), tijoriy ishlar direktori Igor Kudrashkin (7,5%), "UGMK savdo uyi" bosh direktori Eduard Chuxlebov (7,5%)lar uning xo‘jayinlari hisoblanishadi.

Biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Forbesning eng boy rossiyaliklar ro‘yxatida beshinchi bo‘ldi
Qora metallurgiya kompaniya uchun yangi soha bo‘lib, aynan O‘zbekistonga kiritilgan yirik investitsiya tufayli bu yo‘nalishda ulkan ishlarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

Iskandar Mahmudov 1963-yilda Buxoroda tavallud topgan bo‘lib, 1984-yilda Toshkent Davlat universining sharqshunoslik faulteti arab bo‘limini tamomlagan. 1984-1988 yillarda Liviya va Iroqda sovet harbiy maslahatchilariga tarjimonlik qilgan. 1988-1990 yillarda Paxta savdosi shug‘ullanuvchi "O‘zbekintorg" Davlat aksiyadorlik kompaniyasida o‘rta bo‘g‘in rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

1991 yildan e’tiboran tog‘-kon, metallurgiya sanoati faoliyati bilan shug‘ullanib, yirik ishlab chiqarish zavodlarining xo‘jayiniga aylangan. 2016-yil yakunlari bo‘yicha 4 milliard dollar mablag‘i bilan Rossiya boylari ro‘yxatida 21-o‘rinni egallab turibdi.

Yangiliklar lentasi
0