O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritildi

Obuna bo‘lish
Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, yangi institut — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud kengashi tashkil etilmoqda

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni mamlakat Konstitutsiyasiga sud tizimidagi yangilanishlarni ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilishini tasdiqladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Jinoyatchini qo‘lga olish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-apreldan qamoq jazosi bekor qilinadi
O‘zgartishlar Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111 va 112-moddalariga taalluqli. Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoyat, ma’muriy va iqtisodiy sud tizimida yagona oliy sud hokimiyati organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi.

"O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, sudalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida kiritilmoqda", — deyilgan xabarda.

Yangi institut — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud kengashi tashkil etilmoqda. U sud hamjamiyati organi hisoblanib, O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsion tamoyillariga rioya etilishini ta’minlashda ko‘mak ko‘rsatadi.

Qonun ayrim istisnolar, jumladan 1-iyundan amalga tadbiq etiluvchi ma’muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilishini hisobga olingan holda 7-apreldan kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0