TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Bugun Misr cherkovilarida ikkinchi terakt sodir bo‘ldi. Aleksandriya shahridagi cherkov eshigi oldida sodir bo‘lgan teraktda politsiya xodimlari qurbon bo‘ldi.
Xabarda aytilishi ko‘ra, politsiya xodimlari xudkush-terrorchini cherkov eshigi oldida to‘xtatib qolgan. Fojeada uch nafar politsiya xodimi qurbon bo‘lgan. "Agar terrorchi cherkov ichiga kirganida qurbonlar soni bir necha baravar ko‘p bo‘lardi", — deyilgan xabarda.
Misr telekanali xabariga ko‘ra, Aleksandriya fojeasidan bir necha daqiqa o‘tib, cherkov yaqinidagi ko‘chalardan birida ikkinchi portlash sodir bo‘lgan va unda bir necha kishi qurbon bo‘lgan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra Aleksandriyadagi teraktlarda 11 kishi qurboni bo‘lgan, 40 kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, bugun yakshanba kuni va nasroniylar bayrami bo‘lgani tufayli cherkovlardan odatdan ko‘ra ko‘proq odam to‘planadigan kun. Bir necha soat oldin, Misrning Tanta shahrida sodir bo‘lgan terakt haqida xabar bergan edik.