Misr cherkovida bayram ibodati vaqtida mudhish terakt sodir bo‘ldi

© Sputnik / Eduard Pesov / Mediabankka o‘tishMisr, Qohira
Misr, Qohira - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xudkush-terrorchi Misirning Tanta shahridagi cherkovga kirib o‘zini portlatib yuborgan.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Bugun Misrning Tanta shahridagi cherkovda sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida 25 kish qurbon bo‘ldi 70 kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Yoshi 30-35 lar  atrofida, jigarrang pidjak, galstuk va qora tufli kiygan kishi cherkov ichiga kirib, ibodat qilayotganlarning birinchi qatorigacha yetib borgan va xudkushlar kamarini ishga tushirgan", — deyilgan xabarda.

Portlash sodir bo‘lgan vaqtda cherkovda an’anaviy yakshanba ibodati o‘tkazilayotgan bo‘lgan va bino ichida ko‘p kishi bo‘lgan. Ustiga ustak, bugun nasroniylar bayrami kuni.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiga bo‘lib o‘tgan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Diniy bayram vaqtida sodir etilgan jinoyat o‘zining vahshiyligi va surbetligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Terrorchilar nafaqat odamlarni qo‘rqitishga, balkim turli din vakillari orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda. Ishonchim komilgi, ular o‘z maqsadlarga yeta olmaydi. Bizning mamlakatlar yelkama-yelka turib, terror kuchlariga zarba berishga va ularning g‘ayriinsoniy mafkurasini yo‘q qilib tashlashga kuchi yetadi", — deyilgan Rossiya  prezidentining telegrammasida.

Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, bugun Misrning Aleksandriya shahrida joylashgan yana bir cherkov eshigi oldida ham portlash sodir bo‘lgan. U yerda bir politsiyachi qurbon bo‘lgan bir necha kishi jarohat olgan.

Yangiliklar lentasi
0