O‘zbekistonda yo‘l inspeksiyasi yo‘llarning sifatini doimiy ravishda tekshiradigan bo‘ldi

© Nuz.uzDoroga Tashkent-Chirchik-Chimgan kapitalno otremontirovana
Doroga Tashkent-Chirchik-Chimgan kapitalno otremontirovana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l inspeksiyasi 26 nafar davlat inspektoridan tashkil topadi, ular respublika bo‘ylab doimiy asosda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilishadi

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘l qurilishini nazorat qiluvchi yangi vakolatli davlat organi tashkil etildi. U o‘z faoliyatini tashkil etishda hukumatga bo‘ysunadi, deb xabar qilmoqda "Podrobno.uz" Davlat avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.

Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga rais va rais o‘rinbosari tayinlandi

Yangi inspeksiya yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, jihozlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda yuridik va xususiy shaxslarning bu boradagi meyoriy hujjatlar talablariga qanchalik rioya etilishini nazorat qiladi.

Ular shuningdek, qurilishi tugallangan yo‘l obyektlarini qabul qilish komissiyalari ishida qatnashadi hamda shaharsozlikning yo‘l qurilishiga doir qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishda bevosita ishtirok etadi va takliflar beradi.

Inspeksiyaning yana bir faoliyat yo‘nalishi yo‘l-qurilish materiallari, jihozlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashdan iborat.

Yo‘l inspeksiyasi 26 nafar davlat inspektoridan tashkil topadi, ular respublika bo‘ylab doimiy asosda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0