Samarqand tibbiyot kolleji bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda ushlandi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U bu yilgi o‘quv yili uchun ikki abituriyentni kollejga joylash uchun samarqandlik fuqarodan 2200 dollar so‘ragan

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Samarqand viloyat Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan birgalikda samarqand tibbiyot kolleji hamshiralik bo‘limi boshlig‘i Hakimjon Matoqubovga nisbatan tadbir o‘tkazdilar.

"Hakimjon Matoqubov o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab ota-onalarga ularning farzandlarini qabul komissiyasi rasman ish boshlaguniga qadar o‘quv yurtiga joylab qo‘yishini aytgan. U bu yilgi o‘quv yili uchun ikki abituriyentni kollejga joylash uchun samarqandlik fuqarodan 2200 dollar so‘ragan", — dedi MXX vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentlik firibgar ayol 20 ming $ bilan qo‘lga tushdi

O‘tkazilgan maxsus tadbir chog‘ida huquqni muhofaza qilish organlari H.Matoqubovni xizmat xonasida so‘ralgan miqdordagi pulni olayotganida qo‘lga oldilar. Unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati korrupsiya, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va tovlamachilikka qarshi kurash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mamlakatda ushbu salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Birgina keyingi yil davomida bu yo‘nalishda qator qat’iy qadamlar qo‘yildi —"Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi hamda Korrupsiyaga qarshi kurash Davlat dasturi imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0