TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Soliq, valyuta va jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish departamenti, Toshkentlik firibgar ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
MXX operativ xodimlari oldin bir necha bor sudlangan, 52 yoshli Go‘zalxon Sodiqovani, 20 ming dollar olish vaqti Toshkent qahvaxonalaridan birida hibsga olishdi.
Ushbu pul Toshkent davlat yuridik universitetiga kiritib qo‘yish uchun talab qilingan. Hibsga olingan ayol aytishiga qaraganda pulning bir qismi O‘zbekiston Oliy va O‘rta ta’lim vazirligi rahbariyatiga “uzatilishi” kerak bo‘lgan.
“Sodiqova “mijozlar” boshini o‘ziga xos uslubda aylantirgan. Buning uchun u eng qimmat butiklarda kiyingan va qaddi-qomatini yaxshi saqlab yurishga harakat qilgan. Shuning uchun ham u tezda fuqarolar ishonchiga kirib olish imkoniga ega bo‘lgan”, — dedi huquqni saqlash organlari vakili.
Hozir Bosh prokuratura ushbu ish yuzasidan tergov ishlari olib bormoqda.