Mirziyoyev Konstitutsiyaga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

© press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu o‘zgartishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida kiritilmoqda

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi, deb xabar bermoqda "Kun.uz". Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 17-martda qabul qilingan, 2017-yil 28-martda Senat tomonidan ma’qullangan.

Ushbu o‘zgartishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida kiritilmoqda.
Unga ko‘ra,

1) 80-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash";

2) 81-moddaning yettinchi qismidagi "Oliy xo‘jalik sudi" degan so‘zlar "Sudyalar oliy kengashi" degan so‘zlar bilan almashtirildi;

3) 83-moddadagi "Oliy xo‘jalik sudi" degan so‘zlar chiqarib tashlandi;

4) 93-modda birinchi qismining 13- va 14-bandlari quyidagi tahrirda bayon etiladi:

Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi plenumi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi

"13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi";

5) 107-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat";

6) 110-moddaning birinchi qismi "jinoiy" degan so‘zdan keyin "iqtisodiy" degan so‘z bilan to‘ldirildi;
uchinchi qismidagi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning" degan so‘zlar "quyi sudlarning" degan so‘zlar bilan almashtirildi;

7) 111-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"111-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi".

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0