TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi, deb xabar qildi RIA Novosti.
MDH TIVK yig‘ilishi bu yil Rossiya raisligida o‘tadi.
Rossiya tashqi ishlar mahkamasining xabariga ko‘ra, deb yozadi nashr, MDH TIVK kun tartibida Hamdo‘stlik asosiy faoliyatini qamrab oluvchi masalalar kiritilgan.
Yig‘ilish davomida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadilar, Hamdo‘stlik doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, hamda huquq-tartibot, madaniy va harbiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarni tasdiqlaydilar.
Jumladan, Toshkentda terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan qator hujjatlar tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qiladi nashr.