Toshkent va Dushanbe havo aloqasi shartnomasining yakuniy ko‘rinishini muhokama qilmoqda

© Ofitsialniy sayt / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Somon Eyr". Arxivnoe foto
Samolet aviakompanii Somon Eyr. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikistonning Transport, Adliya vazirliklari, TIV va prezident apparati vakillaridan iborat delegatsiyasi o‘zaro parvozlar haqidagi shartnomani muhokama qilishmoqda.

TOShKENT, 6 apr – Sputnik. Ayni damda Toshkentda O‘zbekiston va Tojikiston davlat delegatsiyalari orasida o‘zaro parvozlar amalga oshirish borasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

“Ushbu hujjat ikki mamlakat poytaxti orasida doimiy parvozlar amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratishi kerak”, — dedi RIA Novosti muxbiriga delegatsiya vakillaridan biri.

Transport vaziri Sherali Gandjalzoda boshchiligidagi  Tojikiston delegatsiyasi tarkibida prezident apparati vakillari, TIV, Adliya vazirligi va boshqa muassasa vakillari bor.

Xohlovchilar topilmadi: Toshkent-Dushanbe reysi bekor qilindi

“Muzokara qatnashchilari O‘zbekiston va Tojikiston orasidagi havo aloqasi haqidagi shartnomaning yakuniy ko‘rinishini muhokama qilishmoqda”, — dedi Tojikiston Transport vazirligi vakili.

Eslatib o‘tamiz, 20-fevralda Dushanbedan Toshkentga, 4-apreldan esa, Toshkentdan Dushanbega rejalashtirilgan parvozlar turli sabablarga ko‘ra amalga oshirilmagan edi.  

 

Yangiliklar lentasi
0